Sirdaryo viloyat qon quyish stantsiyasida donorlik aktsiyasi tashkil etildi
18.10.2023 468
Sirdaryo viloyat qon quyish stantsiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi "Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʼaraz donorlik xarakatini rivojlantirish choralari toʼgʼrisida"gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 6.3-bandi “Oʼrta maxsus professional va oliy taʼlim muassasalari, Mudofaa vazirligi va ichki ishlar vazirligi tizimidagi muassasalarda begʼaraz donorlik harakatini tashkil qilish”ni ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Xovos tumani 8-sonli TN-Jazoni ijro etish deportamentida donorlik aktsiyasi tashkil etildi.
2023 yilning 18 oktyabr kuni 8-sonli TN-Jazoni ijro etish deportamenti koʼngilli 16 nafar xodimlaridan 7l 353 ml qon olindi. Suhbat jarayonida: qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy taʼsiri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalarini konservatsiya boʼlim hamshirasi Sh.Shodmonova tomonidan yoritib berildi. Ushbu aktsiyada begʼaraz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qarorga asosan ragʼbatlantirildi.