2025 yil 18 dekabr kuni 27 nafar donorlardan 11 litr 115 ml sof qon olindi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi "Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʼaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʼgʼrisida"gi № PQ 348-sonli qarorining 1-ilova 6.3-bandi “Oʼrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tizimidagi muassasalarda begʼaraz donorlik harakatini tashkil qilish”ni ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Qon donorligi haftaligi” doirasida donorlik aksiyasi tashkil etildi. 2025 yil 18 dekabr kuni aksiya Sirdaryo Viloyati № 9252-harbiy qism bilan hamkorlikda oʼtkazildi. Suhbat jarayonida: laboratoriya bo'limi shifokor- laboranti R.Saidqulov tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy taʼsiri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Koʼngilli 27 nafar donorlardan 11 litr 115 ml sof qon olindi. Soʼng begʼaraz qon topshirgan donorlar PQ 348-sonli qarorga asosan ragʼbatlantirildi.