2026-yil 11 fevralda 17 nafar donorlardan 7 litr 68 ml qon olindi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi “2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-19 Qarorining 1-ilova 5.2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, qon donorligi hamda uning ahamiyati to’g’risida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilgan holda, Boyovut TTB da fuqarolarning ixtiyoriy donorlik aksiyalari tashkil etilib, qon topshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borildi. 2026-yil 11 fevralda 17 nafar donorlardan 7 litr 68 ml qon olindi. Suhbat jarayonida: labaratoriya bo'limi shifokor lobaranti R.Saidqulov tomonidan qon donorligining ahamiyati, qon topshirishning inson organizmiga ijobiy tasiri, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi va qoidalari yoritib berildi. Ushbu aksiyada begaraz qon topshirgan donorlar rag`batlantirildi.